Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda
Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova hamda Biznes-Ombudsman devonining Toshkent shahar sho‘’basi mudiri Farhod Ahmedov ishtirokida tumandagi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqish, ularni hal etish mexanizmlari va ochiq muloqotga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Mazkur ochiq muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad hududda huquq-tartibot, sud tizimidagi islohotlar samarasini ko‘zdan kechirish, shuningdek, xususiy sektor vakillarining qonuniy manfaatlarini kafolatlash holatini tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.


Qayd etilganidek, bu kabi ochiq muloqotlar tadbirkorlar bilan davlat idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ularning faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda hududning iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA