Tadbirkordan esdalik loyihasi amalda
Bu safargi manzil Xatirchi, Navbahor hamda Konimex tumanlaridagi olis hududlarda yashovchi yoshlarga “Yoshlar kuni” munosabati bilan bayramona shukuh ulashildi.
Navoiy viloyati yoshlari tashabbusi bilan koʻngilli tadbirkorlar homiyligida 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan olis hududlardagi yoshlarga bayramona shukuh ulashish maqsadida “Tadbirkordan esdalik” loyihasi oʻtkazilmoqda.
Bu safargi manzil Xatirchi, Navbahor hamda Konimex tumanlaridagi olis hududlarda yashovchi yoshlarga “Yoshlar kuni” munosabati bilan bayramona shukuh ulashildi.
– Bugun “Yoshlar kuni” munosabati bilan menga tadbirkorlarimizdan esdalik sovgʻasi hadya etildi. – Bu eʼtibordan juda xursand boʻldim, kelajakda men ham tadbirkor boʻlib oʻzim kabi yoshlarga sovgʻa-salomlar ulashishni niyat qildim deydi, – Navbahor tumani 78-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Samandar Musurmonov.
Ushbu loyihaning asosiy maqsadi viloyatdagi barcha tuman, shaharlarning chekka hududida istiqomat qiluvchi yoshlarga bayram shukuhi ulashishdan iborat.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi
Navoiy viloyat kengashi
matbuot xizmati