Suv polosi: Qozog‘istonda O‘zbekiston jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi
Qozog‘istonning Taraz shahrida 17 yoshgacha va undan kichik yoshdagi sportchilar o‘rtasida suv polosi sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda mamlakatimiz vakillari muvaffaqiyatli qatnashdi.
Qozog‘iston va Rossiyaning oltita jamoasi bilan kechgan shiddatli bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari g‘alabaga bo‘lgan kuchli irodasini namoyish etdi.
Musobaqa davomida O‘zbekiston suv sporti jamoasi kelajakdagi g‘alabalar uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan qimmatli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish asnosida 2-o‘rinni egalladi.
O‘z navbatida Qozog‘istonning Taraz viloyati jamoasi 1-o‘rinni, Ostona shahri vakillari 3-o‘rinni band etdi.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA