Surxondaryoda mahallalar yetakchisi o‘zgardi
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Saydulla Abduraimov tayinlandi.
S.Abduraimov 1980 yil Angor tumanida tug‘ilgan. 2004 yil Termiz davlat universitetini, 2010 yil O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. Oliy ma’lumotli matematika va yurisprudensiya mutaxassisliklariga ega.
U viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, viloyat adliya boshqarmasi, “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashida turli vazifalarda mehnat qilgan. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi lavozimida ishlagan.
Tayinlovga qadar xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri