Surxondaryoda faol tashkilotchilar taqdirlandi
Sovgʻalarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi nomidan viloyat hokimi Toʻra Bobolov oʻz egalariga tantanali topshirdi.
Mamlakatimizda oʻtgan yilgi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga boʻlib oʻtgan saylovlarda faol ishtirok etgan Surxondaryo viloyat saylov komissiyasi xodimlari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi raislaridan bir guruhi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Sovgʻalarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi nomidan viloyat hokimi Toʻra Bobolov oʻz egalariga tantanali topshirdi.
– Saylovlar mamlakat nufuzini xalqaro hamjamiyat oldida yana-da oshiradigan muhim jarayondan biri, – dedi viloyat rahbari. – Saylovlar mamlakatda ochiqlik va oshkoralikni, demokratik tamoyillarni qay darajada shakllanganini keng namoyon etadi. “Yangi Oʻzbekiston: Yangi saylovlar” shiori ostida oʻtgan yili oʻtkazilgan saylovlar avvalgilaridan tubdan farq qilganini xorijdan kelgan kuzatuvchilar ham alohida eʼtirof etdi.
Albatta, bu jarayonda ochiqlikni taʼminlashga sizlar ham munosib hissa qoʻshdingiz. Joylarda boʻlajak saylovlarning jamiyatimiz taraqqiyotidagi oʻrni, yangi qabul qilingan Saylov kodeksining mazmun-mohiyatini keng targʻib qildingiz. Agar dunyoga pandemiya chang solmaganida bugungi marosim allaqachon davlat tashkilotlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida yana-da qiziqarli oʻtkazilgan boʻlar edi. Bu mehnatlaringiz alohida eʼtirof etilib, munosib ragʻbatlantirilgani barchamizni birdek quvontirdi.
Oʻtgan yilgi saylovlarda viloyatda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi 11 ta, xalq deputatlari viloyat Kengashiga 60 ta saylov okrugi faoliyat yuritib, siyosiy muhim bu kampaniya umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar, prinsiplar asosida demokratik, ochiq-oshkoralik bilan oʻtkazildi.