Surxondaryoda 2025-yilda besh mingga yaqin yangi kichik tadbirkorlik sub’ekti tashkil qilingan
2025-yilda Surxondaryo viloyatidagi yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 66,2 trln. so‘mni, o‘sish ko‘rsatkichi 2024-yilga nisbatan 106,6 foizni tashkil qilgan.
Viloyatda yaratilgan YAHMning Respublika yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 3,6 foizni tashkil qilgan holda Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Qashqadaryo, Buxoro, Namangan viloyatlaridan keyingi 10-o‘rinni egallagan.
Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo filiali tomonidan Surxondaryo viloyatining 2025-yil yanvar-dekabr oylaridagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlilida so‘z boradi. Qayd etilishicha, YAHM tarkibida sanoat ulushi qurilishni qo‘shgan holda 19,2 foiz (2024-yilning mos davrida 18,6 foiz), qishloq o‘rmon va baliq xo‘jaligi ulushi 37,4 foiz (2024-yilda 39,4 foiz) va xizmat ko‘rsatish ulushi 43,4 foiz (2024-yilda 42 foiz)ni tashkil qilgan.

YAHMda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 76,4 foiz (2024-yilda 77,9 foiz)ni tashkil qilgan. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAHM hajmi 22,2 mln. so‘mni tashkil qilgan holda (Respublika hududlari orasida oxirgi o‘rin) o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,2 foizga oshgan. Viloyat jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAHM hajmi Respublika jon boshiga o‘rtacha ko‘rsatkichidan 2,2 baravar past bo‘lgan.
Viloyatda 6,4 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 109,3 foiz (o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha Respublika hududlari orasida 2-o‘rin)ga oshgan. Viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining respublika sanoatidagi ulushi 0,6 foizni tashkil qilgan va hududlar orasida oxirgi o‘rinni egallagan. Sanoat mahsulotlarining 65,3 foizi (2024-yilning mos davrida 64,8 foiz) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yaratilgan. Shuningdek, viloyat sanoati tarkibida tog‘-kon sanoatining ulushi – 3,5 foiz, ishlab chiqaradigan sanoat – 90,4 foiz, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 3,9 foiz, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish – 2,2 foizni tashkil qilgan.
Viloyatda jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi 6,3 mln. so‘mni tashkil qilgan holda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,9 foizga oshgan. Shuningdek, viloyat miqyosida jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat hajmi Respublika jon boshiga o‘rtacha ko‘rsatkichidan 4,6 baravar past bo‘lgan. Iste’mol tovarlari viloyatda 51,7 trln. so‘mlik (2024-yilga nisbatan 109,1 foiz) iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, respublikadagi ulushi 4,1 foizni tashkil qilgan.
Viloyatda 24,4 trln. so‘mlik qishloq o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,9 foizga oshgan. Respublika qishloq xo‘jalik mahsulotlarida viloyatning ulushi 4,5 foizni tashkil qilgan holda, hududlar orasida 7-o‘rinni egallagan. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 28,3 trln. so‘mni tashkil qilgan holda, o‘tgan yilga nisbatan 108,1 foizga oshgan. Xizmatlar hajmining respublika ko‘rsatkichidagi ulushi 2,7 foizni tashkil qilgan holda, hududlar orasida 9-o‘rinni egallagan. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi 11,9 mln. so‘m (Respublika jon boshiga o‘rtacha ko‘rsatkichidan 2,3 baravar kam) bo‘lib, hududlar orasida oxirgi o‘rinni egallagan.
Viloyatdagi chakana savdo hajmi 29,6 trln. so‘mni tashkil qilgan holda, o‘tgan yilga nisbatan 110,8 foizga oshgan. Chakana savdo hajmining respublika ko‘rsatkichidagi ulushi 6,1 foizni tashkil qilgan holda, hududlar orasida 6-o‘rinni egallagan. Qurilish ishlari hajmi 6,1 trln. so‘mni tashkil qilgan holda, 2024-yilga nisbatan 108,5 foizga oshgan. Viloyatda qurilish ishlari hajmining respublika ko‘rsatkichidagi ulushi 1,9 foizni tashkil qilgan holda, hududlar orasida 9-o‘rinni egallagan. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 22,8 trln. so‘m (2024-yilga nisbatan 131,1 foiz) bo‘lib, Respublikadagi ulushi 3,9 foiz (hududlar orasida 11-o‘rin)ni tashkil qilgan. Tashqi savdo aylanmasi hajmi 790,9 mln.
AQSH dollarini tashkil qilgan holda, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 186,2 foizga oshgan. 2025-yilda viloyat miqyosida amalga oshirilgan jami eksport hajmi 507,5 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan holda 2024-yilga nisbatan 86,2 foizga oshgan. Import hajmi esa 283,4 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan holda o‘tgan yilga nisbatan 86,2 foizga oshgan. 2025-yil davomida viloyat miqyosida 4752 ta yangi kichik sub’ektlari tashkil etilgan. Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tgan kichik bizneslar soni 20753 (2024-yilga nisbatan 108,6 foiz) tani tashkil qilgan.
Mohigul Qosimova, O‘zA