Surxoncha sifat va arzonlashtirilgan mahsulotlar
FOTOREPORTAJ
Bayram shukuhi kezib yurgan ayni kunlarda Termiz shahrining “Yashil dunyo” dehqon bozorida “Surxoncha sifat va arzonlashtirilgan mahsulotlar” savdo yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada 40 dan ziyod turdagi oziq-ovqat, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, qishloq xo‘jaligi hamda qandolatchilik mahsulotlarining arzon narxdagi savdosi yo‘lga qo‘yilgan. Cavdo yarmarkalarida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash borasida tizimli ish olib borilmoqda.
Iste’mol bozorlaridagi narx-navo barqarorligini ta’minlash va noroziliklar vujudga kelishining oldini olish borasida barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Mahsulotlar fermer va dehqonlar hamda ishlab chiqaruvchilar tomonidan uzluksiz yetkazib berilmoqda.
[gallery-21035]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA