Suriyada mina portlab, 18 kishi halok bo‘ldi
Suriyaning sharqiy qismidagi Xama provinsiyasida terrorchilar tomonidan o‘rnatilgan ikki mina portlab ketishi oqibatida kamida 18 kishi qurbon berildi, yana uch odam jarohatlandi.
Bu haqda Suriyaning “SANA” davlat agentligi xabar bergan.
Qayd etilishicha, ushbu ko‘ngilsiz voqea as-Salomiya shahri yaqinidagi Vadi al-Azib tumanida sodir bo‘lgan.
Suriyadagi qurolli nizo 2011 yildan boshlangan. 2017 yil so‘ngida Suriya va Iroqda "Islom davlati" terrorchilar guruhi ustidan g‘alaba qozonilgani e’lon qilindi. Mintaqadagi ayrim tumanlarni jangarilardan tozalash jarayoni hali davom etyapti. Hozirgi paytda vaziyatni siyosiy jihatdan barqarorlashtirish, Suriyani qayta tiklash, qochoqlarni o‘z yurtlariga qaytarish asosiy vazifa sifatida belgilangan.