Superliga: Farğonada markaziy bahs, Buxoroda teng oçkoli raqiblar töqnaşuvi
Bugun Superligada 3ta bahs bölib ötadi.
Bugun, 8-noyabr kuni Özbekiston Superligasining 27-turi uçta uçraşuv bilan yakunlanadi. Peşqadamlar ishtirokidagi bahslar çempionlik poygasi va yuqori örinlar uçun kuraşda muhim ahamiyat kasb etadi.
⚽️ «Neftçi» — OKMK
⏰ 16:00
🏟 «Istiqlol» stadioni, Farğona
Turning markaziy uçraşuvida peşqadam «Neftçi» öz maydonida Olmaliq jamoasini qabul qiladi. Farğonaliklar 25 öyinda 58 oçko jamğargan. Eng yaqin ta’qibçi «Paxtakor» esa bir uçraşuv köp ötkazib, ikki oçko ortda bormoqda. Şu bois bugungi ğalaba mezbonlarga peşqadamlikni mustahkamlaş imkonini beradi.
OKMK hisobida 45 oçko bor. Olmaliqliklar sönggi turda safarda «Lokomotiv»ni 2:1 hisobida mağlub etgan. «Neftçi» esa çempionatdagi avvalgi bahsida «Paxtakor» ustidan Toşkentda 3:1 hisobida zafar quçgan, «Bunyodkor»ga qarşi öyini keyinroqqa köçirilgan edi. Bugun Islombek Ismoilov va Mirjalol Qosimov başqaruvidagi jamoalar özaro raqobatlaşadi.
⚽️ «Buxoro» — «Nasaf»
⏰ 16:00
🏟 Buxoro futbol akademiyasi stadioni
Bu uçraşuvga har ikki jamoa 42 oçkodan jamğargan holda yetib keldi. Demak, ğalaba raqibdan uç oçkoga özib ketiş va yuqori poğonalar uçun kuraşda muhim qadam taşlaş imkonini beradi.
«Buxoro» ötgan turda «Söğdiyona» bilan 1:1 hisobida durang öynagan. «Nasaf» ham «Surxon»ga qarşi safar bahsida xuddi şunday natija qayd etgan edi. Endi ikki jamoa durangdan söng ğalaba qozoniş maqsadida maydonga tuşadi.
⚽️ «Paxtakor» — «Qöqon-1912»
⏰ 18:15
🏟 «Paxtakor» stadioni, Toşkent
Kun dasturini poytaxtdagi uçraşuv yakunlaydi. «Paxtakor» 56 oçko bilan ikkinçi örinda bormoqda. Çempionlik poygasida «Neftçi»ni ta’qib qilayotgan toşkentliklar uçun öz maydonida oçko yöqotiş qimmatga tuşişi mumkin.
«Qöqon-1912» esa 24 oçko bilan quyi poğonalardan uzoqlaşişga intilmoqda. Sönggi turda «Paxtakor» safarda «Xorazm»ni 1:0 hisobida yenggan, qöqonliklar esa «Qizilqum» bilan golsiz durang qayd etgan edi. Şu tariqa, bugungi bahsda çempionlik va elitada qoliş maqsadida kuraşayotgan jamoalar yuzlaşadi.