Superkubok qaysi jamoaga nasib etadi?
FOTOREPORTAJ
Ertaga Superliga ayollar jamoalarining yetakchi klublari - «Sevinch» va OKMK Toshkent viloyatining «Do‘stlik» o‘yingohida final bahsini o‘tkazadi.
Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi anjumanlar zalida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
[gallery-22203]
Matbuot anjumanida birinchi bo‘lib, «Sevinch» ayollar futbol klubi katta murabbiyi Botir Qodirqulov hamda jamoa o‘yinchisi Nilufar Qudratova final musobaqasiga tayyorgarlik, futbolchi qizlarning kayfiyati haqida gapirib berdi. Shundan so‘ng, jurnalistlar mavsum rejalari, yangi futbolchilar haqida qiziqdilar.
OKMK klubi bosh murabbiyi Ilhom Hanjariyev hamda Darina Fedosenko ham bugungi imkoniyatlari, klubning mavsumoldi tayyorgarligi, futbolchilarning jismoniy holatlari haqida batafsil to‘xtab o‘tdilar.
Qaysi ayollar jamoasining Superkubok egasi bo‘lishini esa ertaga, 13 mart kuni bilib olamiz.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA