Superkompyuter JCHda g'oliblikka asosiy 3 ta da'vogarni ma'lum qildi
Bosh sovrin uchun eng asosiy da'vogar Argentina terma jamoasi bo'lib turibdi.
Jahon chempionati — 2026 musobaqasida guruh bosqichining 2-turi yakunlandi. Qayd etilgan natijalarga ko'ra, Opta superkompyuteri ushbu nufuzli turnirda g'alaba qozonishga eng munosib bo'lgan asosiy da'vogarlarni aniqladi.
Bosh sovrin uchun eng asosiy da'vogar Argentina terma jamoasi bo'lib turibdi. Lionel Messi jamoasining chempionlik unvonini himoya qilish imkoniyati 15,6% ga baholanmoqda.
Reytingning ikkinchi pog'onasidan 15,1 foizlik ko'rsatkich bilan Fransiya milliy terma jamoasi joy oldi. Kuchli uchlikni esa amaldagi Yevropa chempioni — Ispaniya yakunlab berdi. "Qizil furiya"ning g'alaba qozonish ehtimoli 12,8% ni tashkil etmoqda.
Mundial 11-iyundan 19-iyulga qadar Shimoliy Amerikaning uchta davlati: Kanada, AQSh va Meksika maydonlarida bo'lib o'tmoqda.