Sunnatillo Allaberdiyevich Hamrayevning tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Buxoro amirligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi elchilik munosabatlari tarixshunosligi” mavzusida
Sunnatillo Allaberdiyevich Hamrayevning 07.00.08 – “Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari” ixtisosligi bo‘yicha “Buxoro amirligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi elchilik munosabatlari tarixshunosligi” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi himoyasi Tarix instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 11 aprel kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100047, Toshkent shahri Mirobod tumani Shahrisabz tor ko‘chasi 5-uy, Tarix institutining Majlislar zali.
Tel.: (99871) 233-54-70; faks: (99871) 233-39-91
e-mail: info@fati.uz