Sun’iy yo‘ldosh aloqa texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Kelajakda internet faqat shahar markazlarida emas, eng olis hududlarda ham birdek tez va barqaror bo‘lishi raqamli taraqqiyotning muhim shartlaridan biriga aylanmoqda. Shu ma’noda, sun’iy yo‘ldosh aloqasi sohasidagi xalqaro hamkorliklar O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Amazon Leo kompaniyasining Markaziy Yevroosiyo bo‘yicha biznesni rivojlantirish rahbari Ivan Zaysev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh aloqa texnologiyalari va raqamli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, past orbital sun’iy yo‘ldosh (LEO) texnologiyalaridan foydalanish orqali barqaror va ishonchli raqamli xizmatlarni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralarda mamlakatning jadal rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyoti va texnologik ekotizimini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi xavfsiz, zamonaviy va barqaror sun’iy yo‘ldosh aloqa infratuzilmasining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
N.Rahmonova,
O‘zA