Sunʼiy intellekt davrida raqamli dunyo transformatsiyasi
Bugungi kunda Özbekiston Respublikasida millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni taʼminlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Xususan, Prezident Şavkat Mirziyoyev millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglik Yangi Özbekistonning mustahkam poydevori ekanini doim takrorlab keladi.
Davlat rahbari taşabbusi bilan qabul qilingan “Özbekiston-2030” strategiyasida ham jamiyatda bağrikenglik muhitini yanada mustahkamlaş, yoşlarni yot ğoyalar taʼsiridan asraş, axborot xavfsizligini taʼminlaş hamda aholining media savodxonligini oşiriş ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Şuningdek, mamlakatimizda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida”gi qonun, millatlararo munosabatlarni rivojlantirişga oid Prezident farmon va qarorlari, ekstremizmga qarşi kuraş sohasidagi davlat dasturlari hamda raqamli texnologiya va axborot xavfsizligiga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ayni yönalişda olib borilayotgan izçil davlat siyosatining mustahkam huquqiy asosini taşkil etadi.
Özbekiston taşabbusi bilan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Maʼrifat va diniy bağrikenglik” rezolyutsiyasi dunyoda bağrikenglik madaniyatini qaror toptirişga xizmat qilayotgan muhim xalqaro hujjat sifatida eʼtirof etilgan.
Şu bois, globallaşuv va raqamli texnologiya jadal rivojlanişi şaroitida axborot makoni jamiyat hayotining barça sohalari, xususan millatlararo munosabatlar va diniy hayotga bevosita taʼsir körsatmoqda. Internet, ijtimoiy tarmoq va raqamli kommunikatsiya vositalari insonlar örtasida özaro muloqotni kengaytiriş bilan birga, ayrim hollarda diniy bağrikenglik va millatlararo totuvlikka tahdid soluvçi ğoyalar, yolğon axborot va radikal qaraşlarni tarqatiş maydoniga ham aylanib bormoqda. Raqamli dunyo şaroitida diniy bağrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlaş masalasi alohida ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Raqamli transformatsiya şaroitida diniy bağrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlaşning dolzarb masalalarini muhokama qiliş, ilmiy yondaşuv va amaliy takliflar işlab çiqiş, davlat idoralari, xalqaro taşkilotlar, diniy konfessiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ekspertlar örtasidagi samarali muloqotni yanada mustahkamlaş maqsadida Özbekistonda Şanxay hamkorlik taşkilotining Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan Din işlari böyiça qömita, Konrad Adenauer jamğarmasining Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy vakolatxonasi hamda Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoşlar masalalari böyiça qömita hamkorligida “Raqamli dunyoda diniy bağrikenglik va millatlararo totuvlikning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya taşkil etildi.
Anjumanda Oliy Majlis deputatlari, xalqaro taşkilotlar vakillari, xorijiy ekspertlar, oliy taʼlim muassasalari professor-öqituvçilari, diniy konfessiyalar rahbarlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda yoşlar taşkilotlari vakillari iştirok etdi.
Tadbirni oçib bergan Özbekistonda ŞHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov raqamli diplomatiyaning zamonaviy ahamiyatiga töxtalib, şunday dedi:
– Bugun raqamli makon nafaqat axborot almaşiş vositasi, balki insonlar ongi, qaraşlari va qadriyatlari şakllanadigan muhim maydonga aylandi. Xalq diplomatiyasi raqamli diplomatiya bilan uyğunlaşgan holda millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni mustahkamlaşning samarali vositasi bölib bormoqda.
Konrad Adenauer jamğarmasi Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Andre Algermissen öz maʼruzasida “Barqaror jamiyat qurişda raqamli texnologiya inson qadr-qimmati, demokratiya va bağrikenglik tamoyili bilan uyğun rivojlanişi zarur”, – deya taʼkidladi.
Jamğarma Boş kotibi Mark Şpayx esa xalqaro hamkorlikning ahamiyatiga alohida urğu berib, “Raqamli davrda inson huquqi, diniy bağrikenglik va demokratik qadriyatlarni mustahkamlaş sohasida tajriba almaşuvini yanada çuqurlaştiriş muhim, – dedi.
Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoşlar masalalari böyiça qömita raisi örinbosari Ğanişer Ermatov “Mamlakat barqarorligi va izçil taraqqiyotining eng muhim kafolati sifatida millatlararo totuvlikni raqamli muhitda ham asraş, mustahkamlaş umumiy vazifamizdir”, – deya qayd etdi.
Raqamli texnologiyalar vazirining birinçi örinbosari Ayubxon Sultonov öz sözida “Raqamli platformalar jamiyatni birlaştiruvçi samarali vositaga aylanişi uçun işonçli va xavfsiz axborot muhitini şakllantiriş zarur”, – dedi.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoşlar masalalari qömitasi raisi Nodir Jumayev esa tadbirda video aloqa orqali qatnaşib, şunday dedi:
– Raqamli texnologiyalar davlat va jamiyat örtasida oçiqlik, şaffoflik va özaro işonçni mustahkamlaşga xizmat qilişi lozim. Axborot makonida masʼuliyatli muloqot madaniyatini şakllantiriş bugungi kunning muhim vazifasidir.
Konferensiya yalpi majlisida raqamli kommunikatsiya, davlat boşqaruvi, diniy bağrikenglik, madaniyatlar aro muloqot, media savodxonlik, axborot xavfsizligi hamda yoşlar siyosatiga bağişlangan maʼruzalar tinglandi.
[gallery-32709]
Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom instituti rektori Uyğun Ğofurov Markaziy Osiyo xalqlarini azaldan özaro hurmat, bağrikenglik va yaxşi qöşniçilik anʼanalari birlaştirib kelgani, mazkur boy merosni zamonaviy raqamli vositalar orqali yoş avlod ongiga yetkaziş barqaror taraqqiyotning muhim şarti ekaniga urğu berdi.
Rus pravoslav çerkovi Toşkent va Özbekiston yeparxiyasi rahbari Mitropolit Vikentiy dinlar aro muloqot umuminsoniy qadriyatga asoslanişi, raqamli makon esa özaro hurmat, bağrikenglik va hamjihatlik ğoyalarini keng tarğib qilişga xizmat qilişi lozimligini bildirdi.
“Digital Generation Uzbekistan” nodavlat notijorat taşkiloti direktori Azamat Jalolov yoşlar xavfsiz va masʼuliyatli raqamli muhitni şakllantirişda hal qiluvçi kuç ekani, ayni jarayonda tanqidiy fikrlaş va media savodxonlik könikmasini rivojlantiriş dolzarb ahamiyat kasb etişini aytib ötdi.
“Ziyo Forum” fondi Yoşlar markazi rahbari Sirojiddin Bozorov yoşlarning raqamli savodxonligini yuksaltiriş, işonçli axborotni saralaş va tahlil qiliş könikmasini şakllantiriş ekstremistik ğoyalarga qarşi eng samarali maʼrifiy çoralardan biri ekanini taʼkidladi.
Anjuman yakunida raqamli makonda diniy bağrikenglik va millatlar aro totuvlikni mustahkamlaş, ekstremizm va radikalizm profilaktikasi, media savodxonlikni rivojlantiriş, yoşlar axborot madaniyatini yuksaltiriş hamda davlat idoralari, xalqaro taşkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini yanada kengaytirişga qaratilgan taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Taʼkidlanganidek, mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Yangi Özbekistonda inson qadrini uluğlaş, millatlar aro totuvlik va diniy bağrikenglikni yanada mustahkamlaş, raqamli makonda tinçlik va barqarorlikni taʼminlaş hamda xalqaro hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qiluvçi muhim muloqot maydoniga aylandi.
Özbekistonda ŞHT Xalq diplomatiyasi markazi matbuot xizmati kömagida tayyorlandi.
Ğ.Xonnazarov, ÖzA