Sultonov Sadulla Baxriddinovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Tabiiy gazni tozalash jarayonida qayta foydalanish uchun chiqindi seolitlarning faolligini tiklash texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusida
Sultonov Sadulla Baxriddinovichning 02.0011-«Kolloid va membrana kimyosi» ixtisosligi bo‘yicha «Tabiiy gazni tozalash jarayonida qayta foydalanish uchun chiqindi seolitlarning faolligini tiklash texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/2025.27.12.K/T.19.01 raqamli bir martalik Ilmiy kengashning 2026-yil 22-oktabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100170, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 77-a. O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Tel.: (71)-262-56-60
e-mail: ionx@academy.uz