Sudya va sud xodimlari “Zakovat”da bellashdi
Navoiy viloyatida sudya va sud xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Bellashuvda viloyat sudlari tizimida faoliyat olib borayotgan sudya va sud xodimlaridan iborat har biri 6 kishidan tashkil topgan 20 ta jamoa ishtirok etdi.
Ishtirokchilarga ikkita bo‘limda qiziqarli, mantiqiy, aniq dalillarga asoslangan savollar berildi.

Har bir savolning javobi uchun bir daqiqadan vaqt ajratildi.
Intellektual o‘yin qatnashchilarining topqirligi hakamlar hay’ati tomonidan shaffof va xolis baholab borildi.
Qiziqarli lahzalarga boy bo‘lgan bellashuvda 1-o‘rinni Navoiy viloyat ma’muriy sudining “Turkiston” jamoasi, 2-o‘rinni jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudidan tashkil topgan “JIB Navoiy” hamda 3-o‘rinni Navoiy tumanlararo iqtisodiy sudining “Navoiy TIS” jamoasi egalladi.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri