Sudda “Ochiq eshiklar kuni” (+video)
Urganch davlat universitetining yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida viloyat ma’muriy sudida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida talabalar sud binosida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, sud majlislari zali, fuqarolarni qabul qilish jarayonlari, advokat va prokurorlar uchun ajratilgan xonalar, shuningdek, arxiv va devonxona faoliyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir sudyalar ishtirokida muloqot tarzida davom etdi. Unda sudda ko‘riladigan ishlar toifasi, sudning vakolatlari, ishlarni ko‘rish tartibi hamda tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar berildi. Sud tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
[gallery-29232]
Tadbir yakunida ishtirokchilarga sud interaktiv xizmatlari, ulardan foydalanish tartibi hamda sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pEPSAibsFes" title="Sudda “Ochiq eshiklar kuni”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov (surat, video), O‘zA muxbiri