Sudanning sobiq Prezidenti qamoqxonada qo‘riqlanmoqda
Sudanning sobiq Prezidenti Umar al-Bashir mamlakat poytaxti Xartum shahrida joylashgan qamoqxonaga o‘tkazildi.
Sudanning sobiq Prezidenti Umar al-Bashir mamlakat poytaxti Xartum shahrida joylashgan qamoqxonaga o‘tkazildi. Bu haqda Al-Arabia o‘z manbalariga tayanib xabar beradi.
Lavozimidan chetlatilgan Prezident shu paytgacha uy qamog‘ida tutib turilgan. Manbada ta’kidlanishicha, al-Bashir endilikda qamoqning bir kishilik xonasida kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlanmoqda.