Sud Qirg‘iziston sobiq prezidentini oqladi
Bishkekdagi sud Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni 2020 yil oktyabr oyida ommaviy tartibsizliklar to‘g‘risidagi ish bo‘yicha oqladi. Tegishli qarorni sud raisi sudya Ubaydulla Satimqulov ma’lum qildi.
"Sud Atambayev Almazbek Sharshenovichni uning harakatlarida jinoyat tarkibining yo‘qligi uchun oqlashga qaror qildi", – deydi sudya. Prokuratura Atambayevni tartibsizliklarni tashkil qilishda ayblab 12 yil qamoq jazosini bergan edi.
Shuningdek, sud sobiq prezidentning sheriklarini ham oqladi. Ular orasida prezident devoni sobiq rahbari Farid Niyozov va ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Kursan Asanov bor.
Ma’lumot o‘rnida, Atamboyev 2020 yil 6 oktyabrda Bishkekdagi tartibsizliklar paytida qamoqdan ozod qilindi. 9 oktyabr kuni Bishkekning Markaziy maydonida Atambayev va Sadir Japarov tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bir necha kishi jarohat olgan. O‘ninchi dekabrda sobiq davlat rahbari qayta qo‘lga olinib, milliy xavfsizlik qo‘mitasi SIZO ga topshirilgan edi.
Atamboyev 2011 yildan 2017 yilgacha prezident bo‘lib ishlagan. U lavozimidan chetlatilishidan ko‘p o‘tmay, sobiq prezident jamoasi a’zolariga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Atamboyev sobiq prezident maqomidan mahrum qilindi va og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarda ayblandi.
O‘zA