Sud amaliyotida bankrotlik nizolari
Buxoro viloyat sudida 2023 yil 25 oktyabr kuni to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishdagi muammolar hamda sudlar tomonidan bankrotlik nizolarini ko‘rishda yagona sud amaliyotini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Buxoro viloyati iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi S.Abdurasulov, Buxoro viloyat iqtisodiy sudlarning sudyalari, shuningdek, davlat aktivlarini boshqarish boshqarmasi vakili N.To‘rayev hamda sud boshqaruvchilari, Buxoro viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimi S.Musoyevlar ishtirok etdi.
Seminarda sud amaliyotidan kelib chiqqan holda sud boshqaruvchilari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan qonun buzilish holatlari, bankrotlik ishlarini yuritishdagi xatoliklarga oid muhim masalalar hamda ularning qonuniy yechimlari muhokama qilindi.
Savol-javoblarga boy bo‘lgan seminarda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar mazkur toifadagi ishlarni ko‘rishda sud boshqaruvchilari, soliq organlari va sudlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, ishlarni ko‘rishdagi sansolarlikni oldi olish va sudlarda ko‘rib chiqilayotgan bankrotlik nizolariga doir ayrim masalalar yuzasidan yagona yondashuvni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zA