Stol tennisi: “Pro Tur”ning g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
Poytaxtimizdagi O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi sport majmuasida o‘tkazilgan navbatdagi “Pro Tur” musobaqasi yosh iqtidorlarni kashf etishga xizmat qildi.
Mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan, stol tennisi bilan professional tarzda shug‘ullanib kelayotgan yoshlar o‘rtasidagi bahslar yuqori raqobat, chiroyli zarbalar va murosasiz ,bahslarga boy o‘tdi.

Terma jamoaga munosib nomzodlarni saralashga qaratilgan bahslar yakuniga ko‘ra, yigitlar o‘rtasida Shoxrux Iskandarov g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi. 2-o‘rin Qutbidillo Teshaboyevga, 3-o‘rinlar esa Zohid Kenjayev va Musobek To‘liyevga nasib etdi.
Qizlar o‘rtasida kechgan o‘yinlarda Marhabo Magdiyeva bu galgi “Pro Tur”ning g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Kumush medal Maftuna Gulimovaga, bronza medallari esa Maftuna Elmurodova va Shoira Qodirovaga tegishli bo‘ldi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA