Stol tennisi: “Pro-Tur 100+”da g‘olib va sovrindorlar aniqlanli
Poytaxtimizda stol tennisi bo‘yicha o‘tgan “Pro-Tur 100+” musobaqalarida mamlakatimizning 120 nafardan ziyod kichik raketka ustalari g‘oliblik yo‘lidagi murosasiz bahslarda ishtirok etdi.
Mukofot jamg‘armasi 50 million so‘mdan iborat turnirning erkaklar setkasida 97 nafar mahoratli stol tennischilar 32 ta guruhda harakatlangan bo‘lsa, ayollar guruhida 24 nafar ishtirokchi 8 ta guruhdagi saralash musobaqalarida o‘z omadini sinovdan o‘tkazdi.
Ikki kunlik bahslar sarhisobiga ko‘ra, xotin-qizlar musobaqasida kutilganidek Asel Erkebayeva g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi. Adelina Hasanova, Shoira Qodirova va Arujan Kamalova sovrinli o‘rinlarga egalik qildi.

Erkaklar o‘rtasidagi murosasiz o‘yinlar so‘nggida Diyorbek Dilshodov bosh sovrin sohibiga aylangan vaziyatda Shohrux Iskandarov, Musobek Toliyev hamda Xurshidbek Ahmedov keyingi pog‘onalarni band etdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA