Stol tennisi: Olimpiada yöllanmasini qölga kiritgan sportçilar rağbatlantiriladi
Özbekiston stol tennisi federatsiyasi tomonidan Los-Anjeles-2028 Olimpiya öyinlari yöllanmalarini qölga kiritiş dasturi işlab çiqildi.
Mamlakatimiz sportçilarining yana ikki yildan söng Amerika Qöşma Ştatlarining Los-Anjeles şahrida ötkaziladigan yozgi Olimpiya öyinlarida vatanimiz şarafini munosib himoya qilişiga zarur şart-şaroitlar yaratiş ustuvor vazifalardan biri sanaladi.
Bu borada davlatimiz rahbarining “2028-yil Los-Anjeles şahrida (AQŞ) bölib ötadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya öyinlariga Özbekiston sportçilarini kompleks tayyorlaş töğrisida”gi qarori qabul qilingan bölib, tayyorgarlikning aniq mezonlari belgilab berilgan.

Kuni keça mazkur qaror asosida kelgusi yil mamlakatimiz stol tennisçilari uçun Olimpiada yöllanmalariga ega çiqişning muhim davri ekanligidan kelib çiqib, “2027 - yangi strategiya, yangi imkoniyatlar va yangi maqsadlar yili”, deya belgilandi.

Şu maqsadda, Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya öyinlariga kerakli yöllanmalarni oliş maqsadida 2027-yilga möljallangan yangi rivojlaniş strategiyasi işlab çiqildi.
Unga köra, kelayotgan yilda yurtimiz stol tennisçilari uçun Olimpiya yöllanmalariga ega çiqişning ikkita yönalişi bölgan xalqaro reytingdan munosib örinlarni egallaş hamda mintaqaviy saralaş bosqiçlarida yuqori natijalarga erişiş yölida 32 ta xalqaro musobaqalarda, 5 ta xalqaro öquv-maşğulot yiğinlarida, 10 ta Pro tur öyinlarida hamda mamlakatimizda taşkil etiladigan 12 ta Özbekiston kubogi va çempionatlarida yuqori natijalar qayd etilişi körsatib ötildi.
Bu yölda yuqori körsatkiçlarni qayd etgan stol tennisçilar erişgan natijalari orqali Özbekiston stol tennisi federatsiyasi tomonidan moliyaviy qöllab-quvvatlanişi nazarda tutilmoqda.
Tölqin Röziyev, ÖzA