Stol tennischilarimiz Tailand turnirida qatnashmoqda
Tailandning Bangkok shahrida stol tennisi bo‘yicha beshta yosh toifasi bo‘yicha “WTT Youth Contender Bangkok II” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda.
Ortda qolgan guruh bosqichining yakkalik musobaqalari yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining 2 nafar a’zosi 1-o‘rinlarni egalladi.
Xususan, mamlakatimiz “kichik raketka” ustalaridan Zohidjon Sadriddinov 17 yosh toifasida 2 ta g‘alaba evaziga 4 ochko bilan, 13 yoshgacha bo‘lganlar orasida Hsin Seng 2 ochko bilan o‘z guruhlarida yetakchilikka erishdi.

13 yoshli qizlar musobaqasida terma jamoamiz a’zosi Shahbozbek G‘ulomiddinov 1 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat holatida 3 ochko bilan guruhda 2-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar musobaqasida Maftuna Elmurodova va E’zoza Ho‘rozova guruh bosqichi o‘yinlarida 1 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, “WTT Youth Contender Bangkok II” xalqaro turniri U11, U13, U15, U17 va U19 yosh toifasida yakkalik, juftlik va aralash juftlik tarzda tashkil etilmoqda.
Musobaqalar 12-sentabrga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA