Stol tennisçilarimiz “Bir makon, bir yöl” xalqaro turnirida qatnaşmoqda
Bugun, 26-noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Çendu şahrida stol tennisi böyiça "Sport xalqlarni yaqinlaştiradi" şiori ostida “Bir makon, bir yöl” xalqaro turniri boşlanadi.
Umumiy mukofot jamğarmasi 220 ming xitoy yuanidan iborat mazkur turnir sportçilarimiz uçun xalqaro tajriba orttiriş, mahoratini oşirişga xizmat qilişi bilan ahamiyatli.
“Bir makon, bir yöl” xalqaro turnirining bugun ötkazilgan dastlabki uçraşuvida Özbekiston terma jamoasi Singapur terma jamoasini 8:5 hisobida mağlubiyatga uçratdi.
Yakkalik bahslarda terma jamoamiz aʼzolaridan Asel Erkabayeva 2025-yilgi qitʼa çempionati bronza medali sohibi hamda 2026-yilgi Janubi-Şarqiy Osiyo çempioni sanalgan xitoylik Çloe Lai ustidan 4:1 hisobida ğalaba qozondi.
Şuningdek, erkaklar musobaqasida Şohrux Iskandarov 2025 va 2026-yillarda yoşlar örtasida Janubi-Şarqiy Osiyo çempioni, şuningdek, 2026-yilgi kattalar örtasidagi Janubi-Şarqiy Osiyo çempionati bronza medali sohibi Loy Xing Yaoni 3:0 hisobida doğda qoldirib, jamoamizning umumiy ğalabasini mustahkamladi.
Xitoy milliy terma jamoasining maşğulot bazasi hisoblangan “Chengdong Sports Park” sport majmuasida ötayotgan xalqaro turnir dasturiga binoan ertaga aralaş jamoaviy yönalişda çorak final, yarim final va final uçraşuvlari bölib ötadi.
T.Röziyev,
ÖzA