Stiven Sondxaym 91 yoshida dunyodan o‘tdi
XX asr ikkinchi yarmida “xit” qo‘shiqlari, ijrosidagi ta’sirchan ohang va g‘ayrioddiy mavzulardagi sahna asarlari bilan Amerika musiqa teatrini qayta shakllantirgan ko‘p qirrali afsonaviy bastakor, shoir, yozuvchi va dramaturg Stiven Sondxaym 91 yoshida vafot etdi.
Sondxaym musiqiy asarlari teatr san’ati rivojiga sezilarli tasir ko‘rsatdi. Uning "Kompaniya", "Aqlsizlik", "Sveney Todd" va "Masxarabozlarga yo‘llash" kabi musiqiy asarlari studiyalarda yuzlab marta qayta yozilgan.
Ijtimoiy tarmoqda bu kompozitor ijodi juda tez ommalashardi. Ijrochilar "biz sizning qo‘shiqlaringizni abadiy kuylaymiz", deya uni olqishlashardi.
- Teatr eng buyuk daholardan birini, dunyo esa asl yozuvchini yo‘qotdi, - dedi amerikalik mashhur prodyuser Kemeron Makintosh marhum xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirarkan. - U oramizda jisman yo‘q, ammo ijodkorning yorqin asarlari biz bilan qoladi, afsonaviy qo‘shiqlari, shoulari abadiy ijro etiladi.
Stiven Sondxaym hayoti davomida “Pulitser” ("Parkdagi yakshanba" uchun), “Akademiya” mukofoti ("Dik Treysi" filmidagi "Ertami-kechmi" qo‘shig‘i uchun)ga sazovor bo‘lgan. Besh marta “Olive”ni qo‘lga kiritgan va AQSHning o‘sha paytdagi prezidenti Barak Obama tomonidan “Prezident faxriy medali” bilan taqdirlangan. Bastakorning musiqalari “Oskar”, “Toni”, “Gremmi” mukofotlariga loyiq ko‘rilgan.