Sportchilarimiz jahon kubogida 5 ta medalga sazovor bo‘ldi
FOTOREPORTAJ
Avval xabar qilinganidek, Toshkentda sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogi bahslari o‘tkazilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2022-yil 23-dekabrdagi “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2025-yil 8-iyuldagi “2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) bo‘lib o‘tadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosi doirasida tashkil etilgan musobaqada mamlakatimiz sportchilaridan tashqari Armaniston, Belgiya, Bolgariya, Chexiya, Gruziya, Hindiston, Iordaniya, Islandiya, Qatar, Qozog‘iston, Latviya, Mo‘g‘uliston, Shveysariya, Suriya, Turkiya, Vengriya, Vetnam va Xorvatiyadan kelgan sport gimnastikachilari ham o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazmoqda.
Bugun Gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabida jahon kubogi final bosqichi start oldi.
[gallery-29605]
Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, sportchilarimiz yuqori natijalarni qayd etib, 5 ta medalga sazovor bo‘ldi: Ahrorxon Temirxonov — oltin, Xumoyun Islomov va Mansur Rahmatov — kumush, Shahinabonu Yusupova va Ozotillo Abdurasulov — bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Ertaga musobaqaning so‘nggi kuni bo‘lib o‘tadi, unda final bahslari yakunlanadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA