Sport va xorijiy tillar integratsiyasi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialida “Sport va xorijiy tillar integratsiyasini amalga oshirish muammolari hamda yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda yurtimiz olimlaridan tashqari Zoom orqali Yevropa, Afrika va Osiyo qit’alaridan sohaning ko‘zga ko‘ringan yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.
[gallery-16421]
Jumladan, kanadalik olimlar - mikrobiologiya fanlari doktori, professor Maryam Vafaimadaniy hamda molekulyar tibbiyot va klinik embriologiya fanlari doktori, professor Rahmon G‘affarzodaning ma’ruzalari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Anjumanda sport va xorijiy tillar integratsiyasining ahamiyati, bu yo‘nalishdagi mavjud muammolar yuzasidan murabbiylar va yoshlar ham ilmiy asoslangan fikr-mulohazalarini bayon etdilar.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA