“Sport majmuasi”ning narxi 70 million so‘m
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda Yangiyer shahar bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbirda fuqaro Sh.N. o‘zi uchun “Shodlik” MFY hududida “Sport majmuasi” qurish uchun ajratilgan 18 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaro Sh.ga firibgarlik yo‘li bilan 70 million so‘mga sotishga kelishib, ushbu pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sh.Suyarov, O‘zA