Sport bilan ta’til zavqli
FOTOREPORTAJ
Samarqand tumanidagi «Yosh astronom» bolalar oromgohida «Dolzarb 90 kun» doirasida Samarqand viloyat sport boshqarmasi tomonidan doimiy sport to‘garaklari faoliyati tashkil etilgan.
[gallery-24222]
Sportning kurash, voleybol, futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka turlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqalar hamda «Quvnoq startlar» bellashuvlarida oromgoh tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etmoqda. Bunday estafeta va bellashuvlar bolalarning sog‘lom ulg‘ayishi, jismoniy faolligini oshirish va ijtimoiy ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
Sport tadbirlari malakali murabbiylar tomonidan tashkil etilmoqda.
Alisher ISROILOV(surat),O‘zA