Spartakiadada To‘raboyev, Bobonov g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi
Poytaxtimizdagi "Jar" sport majmuasida "Dinamo" sport jamiyati tomonidan kuch tizimlari o‘rtasida o‘tkazilgan XXXV Spartakiada musobaqasining dzyudo bellashuvlari yakunlandi.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan turnirda dzyudochilar 7 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun tatamiga chiqdi.

Shiddatli kechgan bellashuvlarda tajribali sportchilardan Davlat Bobonov, Muzaffarbek To‘raboyev, Doston Ro‘ziyev, Nurbek Murtazoyev, Ernazar Sarsenbayev, Muso Sobirov singari terma jamoa a’zolari g‘oliblik shohsupasidan joy egalladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA