SpaceX orbitaga Eutelsat 10B aloqa yo‘ldoshini olib chiqdi
Amerikaning SpaceX kompaniyasi xabar tarqatishicha, Eutelsat 10B aloqa yo‘ldoshi orbitaga Falcon 9 raketa-tashuvchida olib chiqilgan.
Raketani uchirish seshanba kuni oqshom payti AQSHning sharqiy sohilida Florida shtatidagi Kanaveral kosmodromidan amalga oshirilgan.
Eutelsat kompaniyasi saytida keltirilishicha, Eutelsat 10B aloqa yo‘ldoshi Thales Alenia Space kompaniyasi tomonidan yaratilgan.