So‘xlik otaxonlar quvonchini bir ko‘ring (+video)
Farg‘ona viloyati So‘x tumanining Javpaya massivida yangi o‘zlashtirilgan yer maydonlaridan 50 sotixdan aholiga ajratildi. Yer egasiga aylangan so‘xliklarga sertifikatlar topshirish tadbiri katta shodiyonaga aylandi.
Javpaya massivida jami 1000 gektarga yaqin yer foydalanishga kiritilmoqda. Dastlabki bosqichda massivning yuqori qismida tog‘lar bag‘rida 230 gektar maydonda barpo etilgan, tomchilab sug‘orish tizimi joriy etilgan intensiv o‘rikzor, 50 sotixdan lotlarga ajratilib, kooperatsiya usulida hududga yaqin yashovchi aholi vakillariga ajratib berildi.
Yangi yer egasiga aylangan so‘xliklar, oqsoqollar so‘z olib, tumandagi so‘nggi yillardagi o‘zgarishlar, taqdim etilayotgan daromad topish imkoniyatlaridan mamnunliklarini izhor qilib, yaratib berilayotgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirishdi. Xursandchiliklarini raqslar bilan nishonlashdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/667ALPbOH50" title="So‘xlik otaxonlar quvonchini bir ko‘ring" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>M.Sulaymonov, O‘zA