Sotvoldiyev Xusniddin Ibragimovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Nostatsionar texnologik ob’ektlarni muntazam usullar asosida identifikatsiyalash va boshqarish algoritmlari” mavzusida
Sotvoldiyev Xusniddin Ibragimovichning 05.01.08 – «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish» ixtisosligi bo‘yicha “Nostatsionar texnologik ob’ektlarni muntazam usullar asosida identifikatsiyalash va boshqarish algoritmlari” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.03.02 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil 15 noyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100095, Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi, 2-uy. TDTU «Elektronika va avtomatika» fakulteti, 232-xona.
Tel./faks: (99871) 246-46-00;
e-mail: tstu_info@tdtu.uz