Sotib olgan buyumingiz nosoz chiqdimi? U holda...
Yaxshi maqsadlar bilan sotib olingan buyumning sifatsiz chiqishi ko‘ngilni hira qiladi.
Xo‘sh, bunday vaziyatda nima qilish kerak? Mazkur maqolada shunday vaziyatga tushgan fuqarolarimiz bilan tanishib chiqamiz:
Otabek Abdullayev Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan do‘kondan 11 400 000 so‘mlik skuter xarid qilgan edi. Biroq, skuter sifatsiz chiqib, fuqaro undan foydalana olmaydi. Shundan so‘ng u O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga muammo yuzasidan ariza qoldirgan. Jamiyat xodimlari murojaatni o‘rganish jarayonida skuter akkumulyatori nosozligi aniqlanib, akkumulyator yangisiga almashtirib berildi.
Irina Damkratova ham Federatsiyaga murojaat qilib, O‘rikzor buyum bozoridan 1 700 000 so‘mga bolalar aravachisini sotib olganini aytgan. Ammo aravacha sifatsiz chiqadi.
Uchtepa tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari holatni ko‘rib chiqqanda, chindan, aravacha ishlatishga yaroqsizligi ma’lum bo‘ldi. Natijada “Baby-bravo” MCHJdan iste’molchiga aravacha uchun to‘lagan 1 700 000 so‘mi qaytarlishiga erishildi.
O‘zA