Soliq to‘lovchilar savollariga javob oldi
Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan 2021 yilda soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar va joriy etilgan soliq imtiyozlarining aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashdagi ahamiyati mavzusidagi seminar o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i R. Nasimov, viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i D. Ochilov, bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari N. Osmonov, savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A. G‘aybullayev hamda viloyatdagi tijorat banklari rahbarlari, soha mutaxassislari, tadbirkorlar, shahar va tumanlardan video konferensaloqa tarzida xususiy biznes sub’ektlari vakillari ishtirok etdi.
[gallery-863]
Seminar ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, ular faoliyatida yuzaga kelayotgan masalalar va qiynayotgan muammoli savollarga atroflicha javob topishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida 2020 yilda o‘zining tashabbuskorligi, samarali mehnatlari bilan boshqalarga o‘rnak bo‘la olgan, davlat va jamiyat manfaatlari uchun qonuniy faoliyat ko‘rsatgan qator fermerlar, mirishkorlar, ishbilarmon va tadbirkorlarga “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasining Faxriy yorliqlari topshirildi.
O‘zA fotomuxbiri
Siroj ASLONOV (suratlari)