Soliq boshqarmasining asossiz qarori bekor qilindi
Biznes-ombudsmanga Samarqand viloyatida faoliyat yurituvchi “Orzu” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) soliq boshqarmasining mansabdor shaxslaridan norozi bo‘lib murojaat qilgan.
Murojaatga ko‘ra, viloyat soliq boshqarmasi tomonidan jamiyatning bir qator boshqa tadbirkorlik sub’ektlari bilan tuzgan shartnomalari qalbaki (ko‘zbo‘yamachilik bitimi) deb hisoblangan va jamiyatdan qariyb 50 million so‘m undirish to‘g‘risida asossiz qaror qabul qilingan.
Biznes-ombudsman tomonidan Samarqand tumanlararo ma’muriy sudiga kiritilgan shikoyat arizasi natijasida soliq boshqarmasi xulosasi haqiqiy emas, deb topildi va tadbirkorga hisoblangan 50 million so‘mlik undirish to‘g‘risida asossiz qaror bekor qilindi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA