Soliq bilimdonlari aniqlandi
Namanganda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida “Soliq bilimlari – bolalarga!” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Namanganda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida “Soliq bilimlari – bolalarga!” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamkorligida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur tanlov o‘quvchilarning soliq sohasiga oid bilimlarini boyitishga xizmat qilmoqda.
Umumta’lim maktablarining 1-4 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Soliq mavzusining suratlardagi tasviri” nominatsiyasi bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanidagi 17-umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Muhabbat Botiraliyeva, 5-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Soliq mavzusini hikoyalarda aks ettirish” yo‘nalishida shu maktabning 9-sinf o‘quvchisi Halima Fozilova, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasidagi “O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosati” mavzusida insho yozish hamda “Soliq nima uchun to‘lanadi va nimalarga sarflanadi?” mavzusida komputer taqdimoti bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejining 3-bosqich talabalari Muattar Turdialiyeva va G‘ayratjon Mahmudjonov birinchi o‘rinni egalladi.
G‘oliblar tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.