Sohil suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi
Toshkent viloyatida sohil suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan jamoalar g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Erkaklar o‘rtasida Namangan viloyati jamoasi birinchi o‘rinni egallab, mamlakat chempioni bo‘ldi. SST ROSMM jamoasi kumush medallarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Toshkent viloyati vakillari uchinchi o‘rinni band etdi. Ayollar o‘rtasidagi bahslarda esa “Uzbekistan Aquatics” jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Toshkent shahri jamoasi ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, SST ROSMM musobaqani bronza medal bilan yakunladi.

Sohil suv polosi bo‘yicha mamlakat chempionati mazkur sport turini rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda milliy terma jamoa zaxirasini mustahkamlashga xizmat qildi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA