Sohil futboli: bugun Özbekiston BAAga qarşi maydonga tuşadi
Har ikki jamoa dastlabki turni mağlubiyat bilan yakunlagan.
Bugun, 21-noyabr kuni sohil futboli böyiça Özbekiston terma jamoasi Tailandda ötayotgan Osiyo kubogidagi ikkinçi uçraşuvini ötkazadi. «C» guruhi doirasida vakillarimiz Birlaşgan Arab Amirliklari terma jamoasiga qarşi bahs olib boradi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 13:30 da boşlanadi.
Har ikki jamoa dastlabki turni mağlubiyat bilan yakunlagan. Özbekiston Ummon terma jamoasiga 0:9 hisobida imkoniyatni boy berdi. BAA esa Saudiya Arabistoniga qarşi bahsda asosiy va qöşimça vaqtdan söng 3:3 hisobini qayd etib, penaltilar seriyasida 5:6 hisobida yutqazdi.
BAA sohil futboli böyiça ikki karra Osiyo çempioni hisoblanadi. Amirliklar vakillari 2007 va 2008-yillarda musobaqa ğolibiga aylangan.
Musobaqada 12 ta terma jamoa uç guruhga bölingan. Har bir guruhdan dastlabki ikki örinni egallagan jamoalar hamda eng yaxşi körsatkiçga ega ikki uçinçi örin sohibi çorak finalga yöl oladi.
Özbekiston terma jamoasi guruh bosqiçidagi sönggi uçraşuvini 23-noyabr kuni Saudiya Arabistoniga qarşi ötkazadi. Mazkur bahs Toşkent vaqti bilan 16:30 da boşlanadi.