Soha fidoyilari sharaflandi
“O‘zsuvta’minot” AJning Loyiha ofisida 18 aprel – Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan Jamiyat tizimida mehnat qilayotgan bir guruh xodimlarni taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi S.Saifnazarov yig‘ilganlarni kasb bayrami bilan tabriklab, sohada faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning mashaqqatli mehnati natijasida aholining ichimlik suvi ta’minoti tubdan yaxshilanayotgani, yillar davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar izchillik bilan hal qilinayotganini ta’kidladi.
Tadbir yakunida sohada fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh xodimlarga “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishonlari va faxriy yorliqlar topshirildi.






N.Bozorova, O‘zA