Soha fidoyilari munosib taqdirlandi
Navoiyda 26 yanvar – Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan viloyat hokimligida soha faollarini tabriklash va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat hokimi Q.Tursunov tizimda faoliyat olib borayotgan barcha bojxona xizmati xodimlarini samimiy tabriklar ekan, so‘nggi yillarda sohada amalga oshirilgan islohotlar va o‘zgarishlar xususida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi hamda uning tuzilmalarida samarali faoliyat olib borayotgan bir qator xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining unvonlari, Navoiy viloyati hokimligining Faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
[gallery-undefined]
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA