Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam
Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi Navro‘zobod mahallasida “Toshkent yoshlarni sevadi” shiori ostida tuman xokimligi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi va qator tashkilotlar hamkorligida “5000 qadam aksiyasi” bo‘lib o‘tdi.
Yigit-qizlarda yurtimizda kechayotgan islohotlarga dahldorlik hissini kuchaytirish, tashabbuskor va iste’dodli yoshlarni aniqlash, ularning ilm-fan, ijod, madaniyat va san’at, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda uyushmagan yoshlarning jamiyatda munosib o‘rin topishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan tadbirda 1000 nafardan ortiq yoshlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Shuningdek, Yunusobod tumanidagi "Botanika" bog‘ida ham 1200 nafardan ortiq yoshlar ishtirokida mazkur aksiya davom etdi.

Aksiya yakunida yoshlar uchun gala-konsert dasturi namoyish etildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA