Sogʻayganlar 11 ming nafardan oshdi
26-iyul soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 20 391 (+165) nafarni tashkil etmoqda.
26-iyul soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 20 391 (+165) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 126 nafari Toshkent shahrida, 25 nafari Surxondaryo viloyatida hamda 14 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent viloyatida 67 nafari, Surxondaryo viloyatida 44 nafar, Andijon viloyatida 38 nafar, Toshkent shahrida 13 nafar hamda Fargʻona viloyatida 11 nafar, jami 173 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib yurtimizda 11 004 (+173) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sogʻaygan.
Hozirda mamlakatimizda 9 273 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.