Sobiq bosh vazir hibsga olingan
Pokistonning Panjob viloyatidagi Lahor shahrida korrupsiyaga qarshi Milliy byuro tomonidan mamlakatning sobiq bosh vaziri Shohid Xoqon Abbosiyni hibsga olingani maʼlum qilingan edi.
Pokistonning Panjob viloyatidagi Lahor shahrida korrupsiyaga qarshi Milliy byuro tomonidan mamlakatning sobiq bosh vaziri Shohid Xoqon Abbosiyni hibsga olingani maʼlum qilingan edi.
Ammo hibs sabablariga aniqlik kiritilmagandi. “Dunya News” xabarida aytilishicha, Abbosiy 2013-yilda Qatar bilan tabiiy gaz importi boʻyicha noqonuniy shartnoma tuzilishida ayblanadi.
Maʼlumot uchun, bu boradagi tekshiruv ishlari aslida Pokiston Oliy sudi qarori bilan 2018-yilda boshlangandi. Abbosiy chaqiruvga koʻra sudga kelmaganidan soʻng hibsga olingan.