Soʻz va gʻazal mulkining sultoni
Yoshlar tomonidan shoir asarlari asosida sahnalashtirilgan hamda Oybekning “Navoiy” dramasidan parchalar namoyish etildi.
Buxoro viloyatidagi Qorakoʻl tibbiyot texnikumida mumtoz adabiyotimizning yirik namoyondasi Alisher Navoiy tavalludining 579-yilligiga bagʻishlab “Alisher Navoiy – soʻz va gʻazal mulkining sultoni” mavzuida sahnalashtirilgan badiiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, pedagog va oʻquvchilar ishtirokidagi tadbirda Alisher Navoiy hayoti va ijodi, yuksak insonparvarlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan asarlarining yosh avlod tafakkurini boyitishdagi oʻrni xususida soʻz yuritildi.

Yoshlar tomonidan shoir asarlari asosida sahnalashtirilgan hamda Oybekning “Navoiy” dramasidan parchalar namoyish etildi.
