Soʻxda 71 kishiga 20 sotixdan yer ajratildi
Fargʻona viloyati Soʻx tumanida sanoat, xizmatlar va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha 95 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 5 mingta yangi ish oʻrinlarini yaratish rejalashtirilgan.
Fargʻona viloyati Soʻx tumanida sanoat, xizmatlar va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha 95 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 5 mingta yangi ish oʻrinlarini yaratish rejalashtirilgan.
Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni oʻzlashtirish hisobiga ham koʻplab oilalar daromad manbaiga ega boʻladi.
Xususan, Malbud qishlogʻidan qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlar oʻzlashtirilib 71 nafar ishsiz va ehtiyojmand fuqarolarga dala tomorqasi uchun 20 sotixdan ajratib berildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari Erkinjon Muhiddinov mazkur hududga kelib holatni oʻrgandi va bu yerga sugʻorish vositasini oʻrnatib, tomchilab sugʻorishni yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qildi. Bundan tashqari, subsidiya asosida prokuror sektorida joylashgan mazkur hududga issiqxonalar qurib berilishini aytildi. Asosiy maqsad aholi bandligini taʼminlash va ularni kambagʻallikdan chiqarishdan iborat.
Bu yerda intensiv bogʻlar barpo etilishi ham rejalashtirilgan.