Smitson instituti — dunyodagi eng katta muzey hamdir
AQShning Smitson instituti dunyodagi eng katta muzey, o‘quv va tadqiqot kompleksidir.
AQShning Smitson instituti dunyodagi eng katta muzey, o‘quv va tadqiqot kompleksidir. Institut 1876 yilda tashkil etilgan bo‘lib, AQSh hukumatiga bevosita bo‘ysunadi.
Unda 19 ta muzey, 21 kutubxona, 9 ta ilmiy markaz va hayvonot bog‘i o‘rin olgan. Unda 155 millionga yaqin buyum saqlanadi, shu jumladan 2 milliondan ortiq san’at asarlari.
Mazkur san’at asarlari tomoshasi uchun har yili 30 millionga yaqin odam tashrif buyuradi. Yillik budjet taxminan 1,2 milliard dollarni tashkil etadi.
O‘zbekiston Madaniy meros ob’ektlari va san’at ob’ektlarini tiklash ilmiy-tadqiqot markazi va Madaniyat va san’at vazirligi madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasi delegatsiyasi AQShga tashrif buyurganida Smitson instituti rahbariyati, muhofaza qilish bo‘limlari va tematik muzeylar rahbarlari bilan alohida uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston vakillari uchun Metropoliten san’at muzeyi rahbariyati, AQSh muzeylarining konservatsiya va tematik bo‘limlari rahbarlari, shuningdek, Nyu-York san’at universitetining konservatsiya markazida uchrashuvlar tashkil etilgan.
Smitson institutining Osiyo milliy san’at muzeyi vakillari bilan uchrashuv doirasida 2023-2024 yillarda O‘zbekiston muzey fondi ob’ektlari ko‘rgazmasini tashkil etish to‘g‘risida dastlabki kelishuvga erishildi.
Muzokaralar chog‘ida Amerika tajribasini o‘rganish, mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniy meros va san’at ob’ektlarini tiklash ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etishga ko‘maklashish masalalari muhokama etildi.
Smitson instituti dasturining ma’muri Loren Appelbaumning so‘zlariga ko‘ra, Amerika muzeyi binosida mahalliy san’atning to‘liq ko‘rgazmasi san’at ixlosmandlari orasida juda mashhur bo‘ladi.
Shuningdek, amaliy tanishish tanishish Suitland shahridagi Smitson instituti qoshidagi Muzeyni saqlash institutiga tashrif buyushtirildi.