Sizlarni diqqat bilan tinglashga, har bir muammo va tavsiyani batafsil muhokama qilishga tayyormiz – Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi davom etmoqda.
–Yil davomidagi tahlillaringiz asosida qanday muammolarni aniqladingiz? Investitsiya muhitini yanada yaxshilash uchun Hukumat nimalar qilishi kerak?
Sizlarni diqqat bilan tinglashga, har bir muammo va tavsiyani batafsil muhokama qilishga tayyormiz.
Ishimizni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha takliflaringiz bo‘lsa, ularni ochiq muloqot ruhida ko‘rib chiqamiz.
Albatta, bugun ko‘tariladigan barcha masalalar umumlashtirilib, majlisimiz yakunlari bo‘yicha yagona “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi, – dedi davlatimiz rahbari.
O‘zA