Sitsiliya sohillaridan ikki tonna kokain topildi
Italiyaning Moliya gvardiyasi Sitsiliyaning sharqiy tomonida dengizda suzib yurgan og‘irligi ikki tonna keladigan kokain partiyasini topib oldi.
Kuch ishlatar idoralarining ma’lum qilishicha, “o‘lja”ning qiymati giyohvand moddalar bozorida kamida 400 million yevroni tashkil etadi. Qo‘lga olingan yuk milliy miqyosdagi rekord darajada ko‘p qora dori hisoblanadi.
Xabarda ta’kidlanishicha, Moliya gvardiyasining dengiz bo‘linmalari “ko‘plab suzib yurgan paketlarni aniqlagan. Ular to‘rga mahkamlangan rangli signal beradigan qurilmalar bilan ta’minlangan ekan”.
Dastlabki bildirilgan versiyalarga ko‘ra, yuk narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanayotgan jinoiy guruh tomonidan keyinchalik quruqlikka yetkazish maqsadida kema orqali tashlab ketilgan. 70 ta konteynerda oq kukun qadoqlangan jami 1600 ta paket aniqlandi, deyiladi xabarda.